Huawei 1
Po‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Po‘lat Bobojonov Prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi

General-leytenant Po‘lat Razzoqovich Bobojonov  2017-yil sentyabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning o‘rnini shu paytga qadar Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Aziz Toshpo‘latov egalladi.

Po‘lat Bobojonov 1961-yil 1-yanvarda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1982 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan, shundan keyin Xorazm viloyatida prokuratura organlarida ishlay boshlagan. U 1992-1999 yillarda Bog‘ot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari va Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1999 yilda prezident administratsiyasiga ishga o‘tkazilgan.

2000-2011 yillar davomida prokuratura organlarining rahbarlik lavozimlarida Bosh prokuror o‘rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshlig‘i, Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori lovozimlarida xizmat qilgan.

2011 yilda Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2012 yilda Xorazm viloyati hokimi lavozimida ish boshlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30401 | Инструменты