Huawei 2
Polsha o‘zbekistonliklar uchun viza berish tartibini soddalashtirishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Genrika Moshchiska-Dendis bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida konsullik-huquqiy sohadagi O‘zbekiston-Polsha munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi tahlil qilindi. Tomonlar barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, jumladan, ikki davlat TIV konsullik departamentlari o‘rtasida 2024-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan maslahatlashuvlarning birinchi davrasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar, shuningdek, mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalalariga eʼtibor qaratdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga