Huawei 1
Poytaxtda aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan MCHJ masʼul shaxslari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.E.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan 264,7 mln so‘mni MCHJning hisob-raqamiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11120 | Инструменты