Huawei 1
Poytaxtdagi 41 ta tibbiyot muassasasida o'tkazilgan o'rganish natijasida 15 ta kamchilik aniqlandi

Poytaxtdagi 41 ta tibbiyot muassasasida o‘tkazilgan o‘rganishlar chog‘i ulardan 15 tasida turli xato-kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Shunga ko‘ra, ish beruvchilarga yozma ko‘rsatmalar kiritilgan va 1960 nafar xodimning huquqlari tiklangan. 3214 nafar xodimga esa 1 milliard 87 million so‘mdan ziyodroq miqdordagi ish haqi qarzdorligi va mehnat taʼtillari bo‘yicha to‘langan pullardagi farq undirib berilgan.

Endilikda korxona, tashkilot va muassasalarda ish beruvchi hamda xodim o‘rtasidagi munosabatlar Mehnat kodeksining tegishli moddalarida o‘z ifodasini topgan. Qolaversa, Bosh qomusimizning 55-moddasida har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunan taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi kafolatlangan. Shunga binoan, o‘tgan vaqt davomida tibbiyot xodimlaridan koronavirus pandemiyasi davrida orttirib olingan Kovid-19 kasalligi uchun bir yo‘la to‘lanadigan maxsus to‘lovlarni va ish haqiga bog‘liq farqlarni undirish masalasida 23 ta murojaat kelib tushdi. 

Ular asosida 21 ta tibbiyot muassasasidagi holat o‘rganilib, 1600 nafar xodimga 7 milliard 888 million 764 ming 324 so‘m miqdoridagi ish haqini hamda maxsus to‘lovlarni undirib berishga erishildi. Shuningdek, 5174 nafar xodimga tegishli qariyb 8 milliard 977 million so‘m muammosi sud orqali ijobiy hal etildi. Inspeksiya xodimlar manfaatini ko‘zlab, 18 marta fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarda qatnashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102416 | Инструменты