Huawei 1
Yozuvchi Sobir O‘nar muallifligidagi asarni ruxsatsiz nashr etgan nashriyot jarimaga tortildi

Yozuvchi Sobir O‘nar muallifligidagi “Bibisora” asari (qissa va hikoyalar to‘plami) “Т.Z.” nashriyoti tomonidan ruxsatsiz nаshr etilganligi yuzasidan tegishli сhоrа ko‘rish to‘g‘risida Adliya vazirligiga murojaat kelib tushdi.

Murojaat yuzasidan “Т.Z.N” MChJning faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, “Т.Z.N” MChJga tegishli “Т.Z.” nashriyoti tomonidan “Bibisora” asari huquq egasi ruxsatisiz, tegishli shartnoma tuzmasdan nashr etilgan hamda 2000 adadda chop etib tarqatilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan adliya organlari tomonidan “ Т.Z.N” MChJ rahbari B.N.ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan va sudning qaroriga asosan unga MJtKning 1771-moddasi bilan 1 mln 700 ming soʻm jarima jazosi qoʻllanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102418 | Инструменты