Poytaxtdagi savdo markazlarining birida xaridor va sotuvchi o'rtasida janjal kelib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi

Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning 4-iyul kuni taxminan soat 19:30 larda Chilonzor tumanidagi savdo markazlarining birida, oldindan tanish bo‘lgan 2004-yilda tug‘ilgan A.O. va 1990-yilda tug‘ilgan F.U. qarz masalasida tortishib o‘zaro janjallashib ketgan, ularning janjaliga 2007-yilda tug‘ilgan F.O. aralashib, bir-birini qo‘l va oyoqlari bilan urgan. Zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan PPX xodimlari tomonidan janjal to‘xtatilgan. Tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70807 | Инструменты