Huawei 1
CNN: Pezeshkiyon Eronning G‘arb va Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgatirmaydi

Eronning yangi prezidenti, islohotchi Mas'ud Pezeshkiyon islomiy respublikaning G‘arb davlatlari va Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmaydi. Bu haqda CNN xabar berdi.

"G'arb davlatlari bu saylovlar Eron bilan munosabatlarini" yoki "Eronning Isroil bilan munosabatlari trayektoriyasini" o'zgartirishini kutmaydi.

Nashrning yozishicha, saylovlar arafasida Eron oliy rahbari Xomanaiy G‘arb bilan munosabatlarni yaxshilashga intilayotganlarni qoralagan.

“Pezeshkiyon tashqi siyosat masalalarida Xomanaiyga tayanishini ochiq aytdi”, — deyiladi maqolada.

CNN eslatishicha, Pezeshkiyon avvalroq Tramp buyrug‘i bilan o‘ldirilgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari general Qosim Sulaymoniyni maqtagan.

"Men uni milliy g'urur manbai va dushmanlarimizning boshiga tikan deb bilaman", dedi hozirgi prezident yaqinda bo'lib o'tgan prezidentlik debatida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100601 | Инструменты