Huawei 1
Kanadadagi katolik cherkovi jinsiy zo'ravonlik qurbonlariga qariyb 76 mln dollar to'laydi

Katolik cherkovi Kanada sharqidagi Nyufaundlend va Labrador provinsiyalarida yuzlab jinsiy zo‘ravonlik qurbonlariga 76 million dollar to‘laydi.

Sud katolik cherkovi homiyligida faoliyat yurituvchi mehribonlik uylari hamda maktablarda jinsiy va jismoniy zo‘ravonlikka uchragan 200 dan ortiq jabrlanuvchiga tovon puli to‘lashga qaror qildi.

Sud qaroriga ko'ra, cherkov 1940-yildan beri o'nlab yillar davom etgan jinsiy zo'ravonlik qurbonlariga taxminan 76 million dollar tovon to'laydi.

Birinchisi 1880-yillarning boshida ochilgan va oxirgisi 1998-yilda yopilgan cherkovga qarashli turar joy maktablarida saqlanayotgan 150 mingdan ortiq mahalliy bolalarning aksariyati ruhoniylar, rohibalar tomonidan jismoniy, jinsiy va psixologik zo'ravonlikka duchor bo'lgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100601 | Инструменты