Huawei 1
Samarqanddagi qurilish hududida daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Holat Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Ekologik nazorat inspeksiyasi hamda shahar nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbiri davomida aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, Samarqand shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan ''S. E. Sh'' MChJ tomonidan daraxtlar kesib tashlangan. Holat bo‘yicha olib borilgan tezkor harakatlar natijasida qurilish korxonasi mas'ullari tomonidan hududda mavjud 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxtlarni ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilingan.

Hozirda, daraxtlarni yo‘q qilinishi natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblanib, jinoyat alomatlari bo‘lganligi uchun tegishli hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100601 | Инструменты