Huawei 1
7-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Mutaxassis: Bolalar serebral falaji – umrbod davolanishni talab qiladigan kasallik

Tahlillarga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha bolalar serebral falajidan aziyat chekayotgan 17 million nafar bemor ro‘yxatga olingan. Ammo ushbu kasallik ko‘pincha kech bosqichda aniqlanishini inobatga olsak, real raqamlar yana-da yuqori bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, bu  qanday xastalik? Kelib chiqish omillari va yaqqol alomatlari qaysilar? Xastalikni to‘liq davolasa bo‘ladimi?

O'zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif etilmoqda

Maosh 1,3 ming dollardan boshlanadi.

Toshkentda maktab o‘quvchisi piyodani urib yubordi

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Angren IES hududida yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar rad etildi

Energetika vazirligining xabar berishicha, Angren IES hududida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Stansiya barqaror ishlamoqda.

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarimalaridan shikoyat qilish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushiriladi

1-sentyabrdan boshlab my.gov.uz portali orqali Yo'l harakati qoidalari buzilishi yuzasidan chiqarilgan qarorlar va yuborilgan xabarnomalar bo'yicha Yo'l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron tartibda shikoyat qilish imkoniyati paydo bo'ladi.

Toshkent viloyatida mashinani soatiga 157 km tezlikda boshqargan ayolga chora ko‘rildi

Unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Xitoy farmatsevtika kompaniyasi O'zbekistonda dorivor o'simliklar yetishtirishga qiziqish bildirmoqda

Kompaniya delegatsiyasining O'zbekiston viloyatlarida dorivor o'simliklar yetishtirish investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganish maqsadida respublikaga safarini tashkil etish taklifi bildirildi.

Navoiyda voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi zo‘rlagani yuzasidan jinoiy ish ochildi

Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs qamoqqa olingan.

Elektr energiyasi to‘lovi bilan bog‘liq hisob-kitob qanday ishlashi tushuntirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori va tо‘loviga oid turli savollar ko‘paygan. Xususan, bloger Shuhrat Kurbanov о‘z sahifasida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) tomonidan joriy yilning 5-iyul holatiga о‘tgan oy uchun hisoblangan 198 kV.soat elektr energiyasi  notо‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi haqida post qoldirgan.

Samarqanddagi bozorda ota 5 yoshli o‘g‘lini tepib yiqitdi

Urgut tuman IIB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu fuqaro Qashqadaryo viloyatida yashovchi shaxs ekanligi aniqlangan.

14 yoshli o'zbekistonlik tennischi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi

Bugunga qadar “A” toifasiga kiruvchi xalqaro tennis turnirlarida o‘zbekistonlik yosh sportchilar hali chempionlik darajasiga erishmagan.

Samarqanddagi qurilish hududida daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi

Aniqlanishicha, hududda mavjud 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxtlarni ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilingan.

Ertalab nonushta qilishga odatlaning, aks holda...

Baʼzilar ishga yoki o‘qishga shoshilib, ertalab tamaddi qilishni unutib qo‘ysa, ayrimlar nonushta qilishni xohlamaydi. Ammo bu holat muntazam davom etsa, inson organizmi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi, shu jumladan surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfi oshishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100601 | Инструменты