Huawei 1
Samarqanddagi bozorda ota 5 yoshli o‘g‘lini tepib yiqitdi

Ayni kunlarda “Voyaga yetmagan bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan otani” ning kuzatuv kamerlariga muhrlanib qolgan videosi Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib keng jamoatchilik eʼtirozlariga sabab bo‘ldi. 

Holat yuzasidan Urgut tuman hokimligi izoh berdi

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-iyul kuni soat taxminan 14:30 lar atrofida Urgut tuman Mergancha mahallasida joylashgan Urgut Savdo kompleksiga savdo qilish uchun kelgan er va xotin voyaga yetmagan farzandlari bilan bozor bo‘ylab yurgan vaqtlarida bozor ichida ota, voyaga yetmagan taxminan 5 yoshli o‘g‘il farzandini oyog‘i bilan tepib yerga yiqitganligi holati, savdo kompleksida o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan otani topish va shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida, Urgut tuman IIB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu fuqaro Qashqadaryo viloyati G‘o‘zor tumani Qovchin mahallasida yashovchi A.F. ekanligi aniqlangan. 

Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilgandan so‘ng, natijasi keng jamoatchilikka maʼlum qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты