Huawei 1
Prezident 39 ta tarmoq va hududiy loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotganini ta'kidladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida investitsiya va eksportni ko‘paytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat rahbari: "Viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga, bir oy muddatda bo‘sh turgan va past samarali obyektlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, elektron platformasini yaratsin. Viloyat hokimlari boshchiligidagi komissiya har bir obyektga shaxsan o‘zi borib, ichiga kirib, tadbirkorlar bilan uchrashib,  aniq choralarni belgilagan holda, loyihalarni amalga oshirish uchun ko‘mak va amaliy yordam berishlari shart va zarur.

Viloyat, tuman va shahar hokimlarining investisiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlariga har bir ishlamayotgan bunday obyektlar nomma-nom biriktiriladi va yil yakuniga qadar kamida 150 ming yangi ish o‘rni yaratishga mas’ul va javobgar bo‘ladilar", deya ta'kidladi.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar umumiy qiymati 6,5 mlrd dollarlik 226 ta yirik tarmoq va hududiy loyihalarni ishga tushirish va 35 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish zarurligi aytildi.

Misol uchun, 39 ta tarmoq va hududiy loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikmoqda.“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Uzbekistan Airports”, Uzumchilik agentligi loyihalarida qoloqliklar mavjud.

"Viloyat hokimlari ikkinchi yarim yillikda 6 ming 700 dan ortiq hududiy loyihalarni ishga tushirib, 186 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratishga shaxsan mas’ul bo‘ladi. Misol uchun, Namangan viloyatida yil yakuniga qadar 8,4 trillion so‘mlik 1 mingta loyiha ishga tushishi va 31 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kerak.

Jumladan, to‘qimachilik tarmog‘ida 1,3 trillion so‘mlik 155 ta, elektrotexnika sanoatida esa 77,6 milliard so‘mlik 9 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirgan", dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122100 | Инструменты