Huawei 1
Prezident keyingi yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard so‘m ajratilishini eʼlon qildi

Prezident keyingi yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard so‘m ajratilishini eʼlon qildi.

Endilikda daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sug‘orish xarajatlari ham investitsiya dasturiga kiritiladi.

Sug‘orish tizimi bo‘yicha 2 ta tajriba amalga oshiriladi. Xususan, 27 ta tumanda sug‘orish tizimi yaratish uchun 1 tadan quduq qazishga ruxsat beriladi. G‘allaorol tumanidagi tog‘larda qor-yomg‘ir suvini yig‘uvchi 10 ta geo-membrana o‘rnatilib, daraxtlarni sug‘orish tizimi yaratiladi. Bahorda 14 ta tumanning tog‘ va adir qiyaliklarida qavat-qavat qilib, terrasa usulida 500 gektarda daraxt ekish boshlanadi.

Viloyat hokimliklariga “Mening bog‘im” loyihasi bo‘yicha yashil bog‘ yaratishga kamida 1 gektar, yashil jamoat parki uchun yarim gektardan yer ajratish topshirildi. 

Bu maydonlar ekish mavsumigacha “Ochiq byudjet” portaliga qo‘yilib, daraxt turlari bo‘yicha tavsiya va ularning narxi ko‘rsatiladi. Bunda, parvarishlashda masʼuliyatsizlik qilgan shaxslarni mobil ilova orqali ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Hokimlarga barcha obodonlashtirish bo‘limlarini 20 tadan sug‘orish mini-texnikasi bilan taʼminlash topshirildi.

So‘nggi vaqtlarda yurtimizda chang bo‘ronlari tez-tez sodir bo‘layotgani qayd etildi.

Bunga global iqlim o‘zgarishi bilan birga noqonuniy daraxt kesilishi, suv kamayishi, tartibsiz chorva boqilishi oqibatida cho‘l yaylovlari degradatsiyaga uchrayotgani ham sabab bo‘lmoqda. Cho‘llardagi o‘simliklar turlari ham keskin kamaygan.

Davlat rahbari aholi ko‘payib borayotgan sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha eng katta zaxiramiz – yaylovlar ekaniga eʼtibor qaratdi. Shu bois, yaylovlardan foydalanishga ehtiyoj yildan-yilga ko‘payib borayotgani taʼkidlandi.

Endilikda 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi.

Qo‘mitaga yil yakunigacha cho‘llarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablag‘lari jalb etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты