O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil uchun tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ochiq muloqot "20-avgust - Tadbirkorlar kuni" doirasida tashkil etilishi kutilmoqda.
Ungacha hududlarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzilib, ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
— tadbirkorlarning murojaat va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish;
— tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
— tadbirkorlarning individual masalalari joylarda tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlash.
Shuningdek, "Tadbirkor virtual ofisi" axborot portali, "Call-markaz", ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlar murojaatlarini tun-u kun qabul qilish va umumlashtirish bo‘yicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazirlik va idoralar vakillaridan iborat shtab tashkil etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51715 | Инструменты