Huawei 1
Prezident Toshkentning drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirdi

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi o'tkazilmoqda. Unda ta'kidlanishicha, “Toshkent-Ohangaron” xalqaro avtomobil yo‘lining 53 kilometrlik qismida 840 mingta daraxt ekilgani o‘ziga xos tajriba bo‘ldi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga viloyat hokimliklari bilan birga bu tajribani joriy yilda 13 ta xalqaro avtomobil yo‘llarida amalga oshirib, 9 million tup ko‘chat ekish topshirildi. Yana 2 ming kilometr avtomobil yo‘llari yoqasi daraxt ekish uchun 10 ming nafar fuqaro va tadbirkorlarga bo‘lib beriladi.

Samarqand-Qarshi temir yo‘lining 145 kilometr, Toshkent-Samarqand temir yo‘lining 150 kilometr qismida kuz mavsumida 1 million tupdan ko‘chat ekishni tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Ekologiya vazirligiga chiqindi poligonlari atrofida 167 ming daraxtni parvarishlab, “yashil belbog‘” barpo etish topshirildi. 

Dala chetlarida 21 million tup terak, tut va uzum ekish, tarmoq korxonalarida 5 million ko‘chat ekib, “yashil belbog‘” barpo qilish muhimligi taʼkidlandi.

Prezident Toshkent shahridagi holatga alohida to‘xtaldi.

Poytaxtning drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirildi, kuni kecha bo‘lgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatgani qayd etildi.

Drenajni to‘g‘irlashni o‘zi yetarli emasligi, suvni havzalarda to‘plash tizimini qilib, daraxtlarni sug‘orishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi. 

Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib o‘zi hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygani qayd etildi.

Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sunʼiy havzalar bilan birga qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты