Qalin tuman (koʻrinish 250 m) - koʻrish masofasi pasayishi sababli bir qator reyslar muqobil aerodromlarga yoʻnaltirildi.
Xususan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY602 (Moskva – Toshkent) reysi poytaxt aeroportiga qo‘na olmadi. Ekipaj Samarqanddagi muqobil aerodromga uchishga qaror qildi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 05:20 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
Shuningdek, mahalliy vaqt bilan soat 05:19 da havoga ko‘tarilgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9613 (Moskva – Toshkent) reysi yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Urganchdagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 06:42 da Urganch aeroportiga qo‘ndi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY708 reysi (Vladivostok – Toshkent) Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 07:03 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
"Centrum Air" aviakompaniyasining C67704 (Jidda – Toshkent) reysi ham muqobil aerodromga yo‘l oldi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 07:52 da Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
“Rossiya” aviakompaniyasining SU6971 (Toshkent – Sankt-Peterburg) reysi Fargʻona muqobil aerodromiga yoʻl oldi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 10:05 da Fargʻona aeroportiga qo‘ndi.
"Panorama Airways" aviakompaniyasining 5P5366 va 5P362 (Madina – Toshkent) reyslari Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l oldi. 5P362 reysining taxminiy yetib kelish vaqti mahalliy vaqt bilan soat 10:28 da. 5P5366 reysi Samarqand aeroportiga soat 10:21 da qo‘ndi.
Shuningdek, O‘sh (Qirg‘iziston) aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Quvaytdan uchayotgan "Jazeera Airways" aviakompaniyasining J9653 reysi Namangandagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 08:35 da Namangan aeroportiga qo‘ndi.
Parvozlar jadvaliga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni aviatashuvchidan olishingiz mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61306 | Инструменты