Qamchiq davonida neft maxsuloti ortilgan yuk mashinasi ag’darilib ketdi

Bugun, 21-mart kuni A-373 avtomobil yoʻlining "Qamchiq" dovoni qismidan oʻtgan 198 kilometrida "MAN" rusumli neft mahsulotlari ortilgan yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir boʻldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko'ra, ushbu avariya oqibatida hech qanday yongʻin sodir boʻlmagan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVVning 3 ta maxsus texnikasi yetib borib, YPX xodimlari hamkorligida hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

FVV Matbuot xizmati tomonidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72702 | Инструменты