Qonunchiligimizda shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda. Tibbiy ko‘rik davomida shaxsning tanasida jarohat va shikastlanishlar aniqlangan taqdirda zudlik bilan prokurorga xabar berilishi tartibi o‘rnatilmoqda.
Ushbu tartiblarni o‘zida aks ettirgan, jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, qonun loyihasi bilan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonunga tegishli qo‘shimchalar kiritish orqali qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish bilan bog‘liq qonunchilikka zid xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish nazarda tutilmoqda.
Muhokama va savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12205 | Инструменты