Huawei 1
"Qarshi agroklaster" MCHJga nisbatan tegishli ta'sir chorasi qo'llanildi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borishi belgilangan.

Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni taqiqlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari buzilishlari yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, “QARSHI AGROKLASTER” MCHJ paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan 8 holatda paxta tolasi mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu mahsulotni birja savdolarida shakllangan o‘rtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda narxlarini yuqori qo‘llash natijasida jami 517 mln so‘mga yaqin miqdorda tafovut (farq) holatlari maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “QARSHI AGROKLASTER” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir chorasi qo‘llanildi.

Shu bilan birgalikda, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101818 | Инструменты