Huawei 1
Qarshi tumanidagi issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, tizimga 808 mln soʻmlik zarar keltirgani aniqlandi

O'zbekistonning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Mana shundan tadbirlardan biri “Hududgaz Qashqadaryo” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Qarshitumangaz” GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida oʻtkazildi.

Tumanning “Batosh” MFYda joylashgan “E. T. B. S.” MCHJga qarashli issiqxonada tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda isteʼmolchi Davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazish muddati oʻtgan va Milliy Metrologiya instituti xulosasiga asosan nosoz boʻlgan elektron gaz hisoblash uskunasidan foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 808 million soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты