Qarshida bir oilada to‘rt egizak qizaloq dunyoga keldi

Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filiali shifokorlari tomonidan noyob holat qayd etildi. Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinovaning oilasida bir yo‘la to‘rt egizak qizaloq dunyoga keldi.

Farzandlar muddatidan oldin, kesarcha kesish amaliyoti orqali tug‘ilgan. Birinchi qizaloqning vazni 1400 gramm, bo‘yi 37 santimetr; ikkinchisiniki 1450 gramm, 38 santimetr; uchinchisi 1600 gramm, 40 santimetr; to‘rtinchisi esa 1400 gramm, 37 santimetrni tashkil etdi.

Ayni paytda qizaloqlar markaz filialida xalqaro tibbiy protokollar asosida parvarishlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111118 | Инструменты