FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, O'zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan bugun 11:29 da (04.03.2024 yil, Grinvich bo'yicha 06:29 da) zilzila sodir bo'ldi.
Episentr: Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,78 gradus shimoliy kenglik; 64,94 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,6. Chuqurlik 8 km. Zilzila episentri Toshkentdan 457 km janubiy-g'arbda.
O'zbekiston hududida sezilish kuchi:
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 73 km.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20521 | Инструменты