Huawei 1
Oʻzbekistonlik figurali uchuvchilar jahon chempionatida ishtirok etishadi

Bugun AQShning Boston shahrida figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Ushbu musobaqa Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi muhim turnirlardan biri hisoblanadi.

Unda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini Dmitriy Chigiryev va Yekaterina Geynish himoya qilishadi. 

Bugun sportchilarimiz qisqa dastur bo‘yicha chiqishlarini namoyish etadilar.

Juftlik dasturi Toshkent vaqti bilan 27-martga o‘tar kechasi soat 03:45 da boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32918 | Инструменты