2022-yilning iyul oyida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanida 38 yoshli ayol bir nechta erkak tomonidan qamchi bilan kaltaklanib, sochi kesib tashlagani haqida xabar bergandik. Mazkur ish Jinoyat ishlari bo'yicha Dehqonobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, ayol o‘zidan kichkina erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, bir uyda yashagan. Bundan xabar topgan erkakning akalari yarim tunda ular yashayotgan uyga borib, ikkisini ham zo‘rlik bilan o‘z uylariga olib kelishadi. Keyin, ularni arqon bilan bog‘lab, ayolni qamchi bilan kalkatlashadi. Buni ko‘rib turgan ota o‘g‘illariga ayolning sochini kesib tashlashni buyuradi. Tongga yaqin ayol deraza orqali uydan chiqib, qochib ketadi.
Sudda erkaklar qilgan ishidan pushaymonligini bildirishib, jabrlanuvchidan kechirim so‘rashdi.
"Meni yaroqsiz ahvolga keltirishdi. Sog‘ayib ketishimga kim kafolat beradi? Otamning og‘aynisi ekanligi sabab ularni kechiraman", - deydi jabrlanuvchi ayol.
Chiqarilgan sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan mushtumzo'rlar aybli deb topildi. Bu bilan ota va kichik o‘g‘ilga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, qolgan ikki o‘g‘ilning biriga 2 yil, boshqasiga esa 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51118 | Инструменты