Ayol eri bilan ajrashgani va o’zidan 10 yosh kichik yigit bilan 4 yildan beri ishqiy munosabatda bo’lib yurganligi ma'lum bo'ldi. Uni kaltaklaganlar yigitning otasi va aka-ukalari ekanligi aniqlandi
Joriy yilning 13-iyul kuni Qashqadaryoda ayol ayovsiz kaltaklanib, sochlari kesib tashlangani haqida xabar bergandik. Uni 4 kishi kaltaklagan, urganlardan biri qamoqqa olingan.
Ushbu vaziyat to’liq o’rganilganda, ayol o’z turmush o’rtog’i bilan ajrashgani va 4 yildan buyon o’zidan 10 yosh kichik yigit bilan ishqiy munosabatta bo’lib yurgani ma’lum bo’ldi. Yigit 1994-yilda tug’ilgan bo’lib, boshqa bir qiz bilan unashtirilgani, hatto nikohdan o’tish uchun ariza topshirgani aytildi. Ayolni kaltaklagan shaxslar esa yigitning aka-ukalari bo’lgan.
“ Telefon qilib, men uni xotiniman deb ayt, u bilan yashamayman baribir, dedi. Keyin qizga qo’ng’iroq qilib telefonni menga berib qo’ydi”, deydi kaltaklangan ayol.
Yigitning otasi esa quyidagi gaplarni aytdi:
— Qamchi bilan urdim, uyimda oldindan qamchi turadi, ot minganman-da. Ayol dodladi, voyladi, kallamga kirmadi. Miyyam qizib ketgandi. Shunday gaplarni eshitgan ota chidab turoladimi?
Hozirda ayol nafaqat tibbiy balki huquqiy himoyaga ham olingan. “Mushtumzo’rlarga” nisbatan qo’zg’atilgan jinoiy ish esa hamon davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51420 | Инструменты