Huawei 1
Qashqadaryoda 7 nafar YHXB (GAI) xodimi pora bilan ushlandi va qamaldi

Qashqadaryo viloyatida 7 nafar yo‘l harakati xavfsizligi xodimi bir kunda pora olish aybi bilan sud hukmiga asosan ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Rasul Kusherbayev o'zining Telegram kanalida yozdi.

Qayd etilishicha, ularning bu ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bo‘yicha — bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olish sifatida kvalifikatsiya qilindi. 

Sud har bir xodimni aybdor deb topib, jinoiy javobgarlikka tortish va qamoq jazosi tayinlash haqida qaror chiqargan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71213 | Инструменты