Holatga viloyat IIB izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda kaltaklanib, sochi kesib tashlangan ayolning videolari tarqaldi. Holatga voliyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko’ra,2022-yilning 9-iyul kuni soat taxminan 23:30 larda Yakkabog‘ tumani, “Yangihayot” mahallasida yashovchi 4 nafar fuqaro shu uydagi ayol qo’shnisi bilan bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurganligidan shubha qilib uni kaltaklagan.
Ular ayolni oyoq-qo‘lini bog‘lab, sochini kesib tashlagan. Undan tashqari, tanasinining duch kelgan joyiga qo‘l-oyoqlari va qamchi bilan urib, qiynab, jismoniy azob bergan.
Natijada ayol tan jarohati olib, Yakkabog‘ tumani Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 4 nafar “mushtrumzo’r”ga nisbatan JKning 138-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51420 | Инструменты