Joriy yilning 30-yanvar kuni taxminan soat 17:00 lar atrofida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining Nasaf ko'chasida mudhish YTH ro'y berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, mashina rulida 19 yoshli yigit bo'lgan. U ikki nafar do'sti bilan avtomobil boshqarib kelayotgan vaqtida drift qilishga uringan. Biroq, tezlikni to'g'ri baholay olmagan haydovchi rul boshqaruvini yo'qotgan va yo'l chetidagi daraxtga borib urilgan.
Qayd etilishicha, zarba kuchli bo'lganidan avtomobilni salonida bo'lgan ikki nafar 19 yoshli yigit voqea joyida halok bo'lgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20414 | Инструменты