Huawei 1
Qashqadaryoda maktab direktori va o‘qituvchi mushtlashdi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida direktor va o‘qituvchi mushtlashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 15 iyul kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida Nishon tuman 2-sonli  kasb-hunar maktabida sodir bo‘lgan.

Maktab direktori G.U. va o‘qituvchi X.O. o‘zaro tortishib qolishi oqibatida kelishmovchilik yuzaga kelgan. 

Nishon tumani hokimi o‘rinbosari S. Xudoyqulov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, voqeaning asl sababi keng jamoatchilik bilan birga o‘rganilgan.

Nishon tumani hokimligining xabarigako'ra, direktor va o‘qituvchi ayni vaqtda o‘zaro kelishib olgan holda, bir-biriga nisbatan hech qanday gina-kudratni saqlab qolmagan va kelajakda do‘stona ruhda birgalikda ishlashga qo‘l tashlashgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Nishon tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13110 | Инструменты