Huawei 1
Qashqadaryoda paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan mahalla raisi jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatidagi mahalla raisining paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligi bo‘yicha tarqalgan ovozli xabari yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida Shahrisabz tumanidagi “Paxtakor” MFY raisi L.O‘roqov 2024-yil 9-oktyabr kuni Nushkent qishlog‘ining “Nushkent birlashaylik” telegram kanaliga ushbu ovozli xabarni yuborib ishsiz fuqarolarni paxta yig‘im-terimiga chaqirganligi, shundan so‘ng ular terimga kelganligi maʼlum bo‘ldi.

Holat yuzasidan L.O‘roqovga nisbatan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 750 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.

"Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz Bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yoki 1282 - qisqa raqami hamda @munosibmehnat_bot telegram boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishlaringiz mumkin", deyiladi xabarda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101020 | Инструменты