Huawei 1
Qashqadaryoda soliq inspektorlari restoranda qarzga ovqatlandi

Avvalroq OAVda “Qashqadaryoda soliq inspektorlari restoranda qarzga yeb-ichdi. Pulini so‘ragan tadbirkorga tekshiruv tashlab yopishga urindi, o‘zini esa 6 sutkaga qamatdi” mazmunida maqola eʼlon qilingandi. Holat yuzasidan Soliq qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasining xodimlari 2024 yil 12 avgust kuni tumandagi “Xondamir farovonlik fayzi” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida taomlanishgan va to‘lovni qarz sifatida yozdirib ketib, 14 avgust kuni qarz to‘langan.

Xondamir farovonlik fayzi” MCHJning budjetdan 8 272 730 so‘m soliq qarzi mavjudligi sababli soliq inspeksiyasi xodimlari Q.Normurodov va A.Mamatovlar 2024 yil 8 avgustdagi 713148-son qaror asosida 19- avgustda mol-mulk xatloviga borganida, jamiyat ish yurituvchisi A.Yangiboyev tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng, soliq xodimlari ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni himoya qilish organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tumani sudi tomonidan jamiyat ish yurituvchisi A.Yangiboyevga 6 sutka maʼmuriy qamoq jazo chorasi tayinlangan. Ushbu qarordan norozi bo‘lgan fuqaro A.Yangiboyevning arizasiga asosan apellyatsiya shikoyatidan so‘ng jazo chorasi 3 sutkaga kamaytirilgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91817 | Инструменты