XXR AQShning Tayvanga qurol sotish rejalarini “yagona Xitoy” tamoyilini buzish va uning ichki ishlariga aralashish deb atadi. Bunga javoban Pekin Amerikaning to‘qqizta kompaniyasiga cheklovlar kiritdi.
Sanksiyalar qatoriga Sierra Nevada korporatsiyasi, Stick Rudder Enterprises LLC, Cubic Corporation, S3 AeroDefense, TCOM, TextOre, Planate Management Group, ACT1 Federal va Exovera kiradi, deya xabar beradi Sinxua. Ularning Xitoydagi mulki muzlatiladi. Xitoyliklar va xitoylik kompaniyalarga sanksiyalangan firmalar bilan biznes yuritish taqiqlangan. Qaror kuchga kirdi.
XXR Vashingtonning Tayvanga qurol sotish haqidagi qarori Xitoy-Amerika qo‘shma kommyunikesiga zid, deb hisoblaydi. Pekin AQShning rejalari “Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga jiddiy zarar yetkazishi”ni aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты