Huawei 1
Qashqadaryoda soxta IIO xodimi ushlandi

IIV Shaxsiy xavfsizilik bosh boshqarmasi va Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida Ichki ishlar organlarining xizmat kiyimini kiygan holda o‘zini IIO xodimi deb tanishtirib, fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs aniqlandi.

Ushbu shaxs katta leytenant unvoni bilan fuqarolarni aldab, ularning ishonchiga kirgan.

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning fevral oyida G‘uzor va Qamashi tumanida yashovchi fuqarolarni aldab, har birining nomiga 11 mln so‘mdan jami 22 mln so‘mlik kredit va boshqa moddiy boyliklarni rasmiylashtirgan. So‘ngra ushbu pullarni qo‘lga kiritib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ushbu soxta xodimning shaxsiga aniqlik kiritilib, protsessual tartibda ushlangan. Xolislar ishtirokida uning uyidan IIOning kiyimlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda "soxta xodim"ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112818 | Инструменты