Bosh prokuratura huzuridagi Departamen hamda Bojxona qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F.M.” xususiy korxonasiga va ushbu korxonaga qarashli dorixonada tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 307,8 mln so‘mlik 218 turdagi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Qo‘ng‘irot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.M. fuqaro D.B.ga jami 720 ta kapsuladagi “FATZORB PLUS” va “FATZORB TM PLUS” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4,6 mln so‘mga sotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61307 | Инструменты