Huawei 1
Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqorat qilgan erkaklar 10 sutkaga qamaldi

Qashqadaryo IIB YHXB Matbuot xizmatining xabar berishicha, Koson tumanida yashovchi 4 nafar erkaklar yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarining avtomashinasini videoga olib, xodimlarni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan va ularning onasidan so‘kib, videoni Telegram'dagi guruhga jo‘natib yuborishgan.

"7-yanvar kuni o‘rtoqlarim bilan yig‘ildik. Ichib olgandik, yo‘ldan o‘tayotgan YPX xodimlarini videoga olib, haqorat qilib, mahallamiz guruhiga jo‘natdik. YPX xodimlariga adovatim yo‘q. Uzr so‘raymiz", - deydi erkaklardan biri.

Sudlanuvchilarning qolganlari ham mast holatda bo‘lishgani, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirishdi.

JIB Koson tuman sudida mazkur erkaklarga nisbatan qaror chiqarildi. Unga ko‘ra, ularning har biriga MJtKning 183 va 194-moddasi 1-qismi bilan 10 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42509 | Инструменты