Huawei 1
Qashqadaryoda yukxonasida odamlar bo‘lgan "Labo" boshqa yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanida "Labo" va "Isuzu" rusumli avtomobillari ishtirokida daxshatli YTH sodir bo'ldi, deya xabar qildi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Ma'lum bo'lishicha, hodisa 2022-yil 12-noyabr kuni soat 09:30 larda, Ko‘kdala tumani, Toshli MFY hududidan o‘tuvchi 4R-87 avtomobil yo‘lining 46-kilometrida yuz bergan. Unda 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi B.Sh. "Labo" rusumli avtomobilning yukxonasida odam tashish qoidalarini buzgan holda yo‘lovchilar mindirib harakatlanayotgan vaqtda yoqilg‘isi tugab transport vositasi sekinlashgan. 

Haydovchi avtomobilni yo‘l chetiga olib chiqayotgan vaqtda ushbu yo‘nalishda, ortidan harakatlanib kelgan haydovchi, 1987-yilda tug‘ilgan Gʻ.T. "Isuzu" rusumli avtomobilda yo‘l chetiga harakatlanayotgan "Labo"ning aynan odamlar minib olgan qismiga qattiq zarb bilan to‘qnashgan va ikkala yuk avtomobillari yo‘l chetiga ag‘darilgan.

YTH natijasida, "Labo" avtomobilining yukxonasida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilar og‘ir tan jarog‘atlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, 5 nafar yo‘lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21307 | Инструменты