Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida Koson tumani, “Yuqori obron” MFYda yashovchi, fuqaro baliq ovlash chog‘ida cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Uzreport.news'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 7-oktabr kuni Mirishkor tumani, Pamuk qishlog‘ida joylashgan “Sechanko‘l” sun’iy suv havzasiga sherigi bilan baliq ovlash uchun borib, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Olib borilyotgan tergovga qadar tekshiruv davomida 10-oktabr kuni viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan uning jasadi suv havzasidan topilgan.
Marhumning jasadi tashqi tomondan ko‘zdan kechirilib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21111 | Инструменты