Huawei 1
Toshkentliklarni haqoratlagan talaba qiz 10 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “Anorzor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida videotasvirda toshkentliklarni haqoratlagan surxondaryolik 25 yoshli N.X.ga nisbatan ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy sud portalida sud hujjati keltirilgan.

Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tumani “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi va poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida talaba bo‘lgan N.X. 5 fevral kuni taksi chaqirgan. Taksi haydovchisi qizdan qayerdanligini so‘rab, viloyatliklarni haqorat qilgan. Shundan so‘ng, qiz haydovchining gaplaridan g‘azablanib, toshkentliklar haqida haqoratomuz so‘zlar ishlatib, video olgan va uni Instagram‘ga joylagan.

Sud jarayonida u videolarni 5 daqiqadan keyin o‘chirib yuborgani, shuningdek, sog‘lig‘i tufayli 4 marotaba narkoz olgani, shuning uchun tezda jahli chiqib tinchlana olmasligini aytgan.

Sud N.X.ni MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 10 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda viloyatliklarni haqorat qilgan 20 yoshli qiz 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21117 | Инструменты