Huawei 1
Qayerlarda hasharlar o‘tkazish taqiqlanadi?

Hukumatning "O'zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, hasharlar quyidagi shartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

—  umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat Prezidentning tegishli hujjati yoki Hukumat qarori bo‘lganda;

— mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda;

—  jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat’iy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros ob’yektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.

Shuningdek, quyidagi joylarda hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi:

— avtomobil yo‘llarida;

— harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalarda;

— suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalarda;

— qurilish maydonlarida;

— bino va inshootlar tomlarida;

— xavfli ishlab chiqarish obyektlarida;

— insonlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51212 | Инструменты