Huawei 1
O'zbekiston va Vengriya qishloq xo'jaligini raqamlashtirish sohasida hamkorlik qiladi

O'zbekiston qishloq xo'jaligi vazirligida Vengriyaning xalqaro biznes aloqalarini rivojlantirish bo'yicha elchisi va Yevropaning telekommunikatsiya sohasidagi yetakchilaridan biri — "4iG" kompaniyasi rahbari Gillert Yasay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Qishloq xo'jaligi vazirligi ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi qishloq xo'jaligi sohasida zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, raqamli yechimlar asosida hamkorlik yo'llarini izlash masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston tomonining bu boradagi ochiqligi va konstruktiv yondashuvi Vengriya vakillarida katta qiziqish uyg'otdi. Muloqot davomida qishloq xo'jaligini raqamlashtirish bo'yicha xalqaro tajriba, xususan, Vengriya modeli muhokama markazida bo'ldi.

O'zbekistonda raqamlashtirish jarayonlari oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashdagi hal qiluvchi omillardan biri ekanini ta'kidlandi. Vengriya texnologiyalari va tajribasini mamlakatimizda joriy etishdan manfaatdorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo'jaligini raqamlashtirish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va istiqbolda ushbu yo'nalishda hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60801 | Инструменты