Avvalroq, “Tolibon” 120 ming litrga yaqin neftni sifati past bo‘lgani uchun O‘zbekistonga qaytargani haqida xabar bergan edik.
Holat yuzasidan Bojxona qo'mitasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, qaytarib yuborilgan neft mahsulotlari O‘zbekistonga tegishli tovar emas. Aksincha, 2 ta sisternaga ortilgan 120 tonna benzin Afg‘onistonga Rossiyadan yuborilgan va O'zbekiston hududidan tranzit tarzida harakatlangan, xolos.
Afg‘oniston tomoni ushbu yoqilg‘ini qaytarib yuborgani sababli sisternalar 2024 yil 6 aprel kuni “Ayritom” chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan.