Huawei 1
“Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish, kooperativ a’zoligiga qabul qilish, nazorat qilish, tashqi audit, boshqarish, qayta tashkil etish va tugatish davlat va kooperativlar o‘rtasidagi hamda mulkiy munosabatlarni tartibga solish masalalari ham belgilanmoqda.

Shuningdek, belgilanayotgan normalar kichik ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat tomonidan shart-sharoitlar yaratish, moliyalashtirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llash masalalarini ko‘zda tutadi.

Loyihada qishloq xo‘jaligi kooperativi jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashib, egalik qiladigan va demokratik yo‘l bilan boshqariladigan, a’zolarining moddiy va boshqa extiyojlarini qondirish uchun pay usuliga asoslangan qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi mustaqil va tijorat tashkilot ekanligi belgilanmoqda.

Deputatlarning ta’kidlashicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida zamonaviy kooperativ munosabatlarni tartibga solish, kooperativlarning huquqiy kafolatini yaratish, bozor mexanizmlarini joriy etish, erkin raqobat muhitini shakllantirish va mavjud tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты