Hukumat qarori (771-son, 06.12.2025 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligi subyektlariga 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Ushbu nizom paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi subyektlariga 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Nizom talablari 2026 yil 1 yanvarga (spot shartnomalari uchun 2026 yil 1 aprelga) qadar 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun tatbiq etiladi.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchi subsidiya olish uchun o‘zi yetishtirib sotgan mahsulotni 1 marta yoki bir necha qismga bo‘lib sotishidan qatʼi nazar, 1 marotaba murojaat qilish huquqiga ega.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchi “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashuv platformasida shaxsiy kabinet ochish orqali subsidiya olish to‘g‘risida ariza beradi.
Agroportalda shakllantirilgan subsidiya ajratiladigan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar ro‘yxati har oyning 10-sanasida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yuboriladi.
Tijorat banki paxta xomashyosi yetishtiruvchiga ajratilgan subsidiyani 3 bank ish kuni ichida uning 23410 hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120922 | Инструменты