Huawei 1
Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi

“Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-227-son, 20.06.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, davlat muassasasi shaklida “Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi (Loyiha ofisi) tashkil etiladi.

Loyiha ofisi har oyda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to'sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo'llari to'g'risida Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi va Loyiha ofisi tomonidan:

2024 yilda:

— meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish va eksport ulushini oshirish uchun Samarqand, Farg'ona va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos bo'lgan 3 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etish choralari ko'riladi.

2024/2025 o'quv yilidan:

— agrar sohadagi oliy ta'lim muassasalari talabalari bilimini, pedagoglarining malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari faoliyatini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi takomillashtiriladi;

— Toshkent davlat agrar universitetida ta'lim yo'nalishlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o'tkaziladi.

Loyiha ofisiga tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish huquqi beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты