Los-Anjelesning (AQSh) Pasifik Paliseyds tumanida yirik o'rmon yong'ini sodir bo'lib, shaharni qalin tutun qopladi va mahalliy aholining evakuatsiya qilinishiga olib keldi.
O‘rmon yong‘inlari kuchli shamol va qurg‘oqchilik tufayli 7 yanvar kuni boshlangan. Yong‘in maydoni ming gektardan ortiq, turar-joy binolari vayron bo‘lgan. O‘t o‘chirish samolyotlari yordamida yong‘in o‘chirilmoqda.
30 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Yuz mingga yaqin aholi elektr energiyasiz qoldi. Yong‘in Janubiy Kaliforniyaga ham o‘tgan. U yerda 25 mingdan ortiq odam va 10 ming turar-joy binolari tahdid ostida.
Los-Anjelesning ushbu hududida ko‘plab taniqli odamlar yashaydi. Qo‘shiqchi Rianna, Tayra Benks, Ben Afflek va boshqa yulduzlarning uylari, shuningdek, AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarrisning qarorgohi, shular jumlasidan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты