Huawei 1
Isroil Turkiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshilikka tayyorlanadi

Isroil Turkiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshilikka tayyorlanishi lozim. Isroilning Nagel qo‘mitasi tegishli hisobotini e’lon qildi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Hukumat tomonidan tashkil etilgan qo‘mita Turkiyaning Usmonlilar davridagi ta’sirini tiklash ambitsiyalari Isroil bilan keskinlikni kuchaytirishi, ehtimol, mojaroga olib kelishi mumkinligidan xavotirda. Hisobotda Suriya fraksiyalari Turkiya bilan birgalikda Isroil xavfsizligiga yangi va kuchli tahdid tug‘dirishi mumkinligi ta’kidlangan.

Suriyadan kelib chiqayotgan tahdid Eron tahdididan ham xavfliroq narsaga aylanishi mumkin, deyiladi hisobotda.

Qo‘mitaning bahosi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning mintaqadagi tobora qat’iy siyosati fonida e’lon qilindi. Ba’zi tahlilchilar buni Isroil manfaatlariga zid deb hisoblaydi.

Nagel qo‘mitasi 6-yanvar kuni bosh vazir Binyamin Netanyaxu, mudofaa vaziri Isroil Kats va moliya vaziri Bezalel Smotrichga paydo bo‘layotgan tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks strategiyani belgilab bergan holda o‘z tavsiyalarini taqdim etdi.

Qo‘mita tahdidlarni hal qilish uchun kelgusi 5 yil ichida mudofaa byudjetini yiliga 15 milliard shekelgacha oshirishni taklif qiladi.

Biz Yaqin Sharqda tub o‘zgarishlarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Eron uzoq vaqtdan beri bizning eng katta tahdidimiz bo‘lib kelgan, ammo maydonga yangi kuchlar kirib kelmoqda va biz kutilmagan holatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Ushbu hisobot bizga Isroil kelajagini ta’minlash uchun yo‘l xaritasini taqdim etadi, deydi Netanyaxu.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты