Huawei 1
Qoraqalpog‘istonda 18 kg giyohvandlik moddasini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona postida sof og‘irligi 18 kg.dan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Dovut-ota” chegara bojxona posti, boshqarmaning tezkor tuzilmalari va DXX xodimlari bilan hamkorlikda aniqlangan mazkur holatda O‘zbekistonga kirib kelgan Lada Largus avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida avtomashina yukxonasidagi 2 dona ovoz kuchaytirgich xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ularning ichida 36 dona polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilganligi fosh bo‘ldi.

O‘ramlardagi oq rangli, o‘tkir hidli, kukunsimon moddalar esa Markaziy bojxona laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra 18 kg 97 gr og‘irlikdagi “mefedron” sintetik giyovandlik moddasi ekanligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92423 | Инструменты