Qoraqalpog‘istonda bog‘cha bolalari bo‘lgan avtomobil YTHga uchragani oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan bola tan jarohat oldi. Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston respublikasi IIV Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Bugun, 19-iyun kuni soat 09:55 atrofida Beruniy tumanida yashovchi 1981-yil tug‘ilgan S.G. o‘zining boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasini Beruniy tumani hududida g‘arbdan-sharqqa qarab harakatlanib borayotgan vaqtda yo‘l chetida turgan Gentra haydovchisi U.K. Nexia-3 avtomashinasining yo‘liga chiqishi natijasida YTH sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-3 avtomashinasi haydovchisi S.G. ushbu mashinada yo‘lovchi sifatida borayotgan voyaga yetmagan X.F. va N.S.lar tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi doirasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etmasdan Nexia avtomashinasida belgilanganidan ortiq yo‘lovchi tashigan S.G.ning hamda Gentra haydovchisi U.Q.ning harakatlariga qonuniy baho berilishi taʼminlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorati o‘rnatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122318 | Инструменты