Huawei 1
Qoraqalpog‘istonda Lacetti va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 8 kishi vafot etdi

24 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan ayanchli yo‘l-transport hodisasi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston IIV Matbuot xizmati izoh berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 19:05 atrofida Qo‘ng‘irot tumani "Yelabat PPJ" hududida 1994 yilda tug‘ilgan Qo‘ng‘irot tumanida yashagan M.N. o‘ziga tegishli bo‘lgan Lacetti avtomashinasini Qo‘ng‘irot tumani markazidan “Qoraqalpog‘iston” PPJ tomonga boshqarib ketayotib, rul boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan. Buning natijasida o‘z yo‘lida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 2001 yilda tug‘ilgan U.D. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomashinasi bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ushbu YTH natijasida Lacetti haydovchisi M.N. va uning yo‘lovchisi, 1986 yil da tug‘ilgan A.B. hamda Cobalt haydovchisi U.D. hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, Lacetti yo‘lovchisi 1975 yilda tug‘ilgan B.T. hamda Cobalt yo‘lovchilari 1993 yilda tug‘ilgan T.A. 1997 yilda tug‘ilgan K.T. 1971 yilda tug‘ilgan K.K. 1994 yilda tug‘ilgan S.R.lar Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohati bilan yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohati oqibatida o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты