Huawei 1
Qoraqalpog‘istondagi omborxonada yong'in sodir bo'ldi

Bugun, 8-oktabr kuni soat 12:47 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, “Jeke Terek” MFY joylashgan qurilish mollari saqlanib kelingan  omborxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:09 da o‘rab olingan va soat 13:15 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 150 kv.m. maydonda qurilish mollari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100819 | Инструменты